Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» muvaqqat hukumati tarkibiga o‘zbek millatiga mansub rahbar kiritildi

«Tolibon» muvaqqat hukumati tarkibiga o‘zbek millatiga mansub rahbar kiritildi

Abdul Salom Hanafiy.

Foto: «stripes.com»

«Tolibon» muvaqqat hukumatining etnik tarkibi haqida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, Bosh vazir o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salom Hanafiy o‘zbek millatiga mansub ekanini ko‘rish mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, Hanafiy «Tolibon»ning obro‘li shaxslaridan biri bo‘lib, Qatar idorasi ishida muhim rol o‘ynaydi. 1996-2001 yillarda toliblar mamlakatni boshqarganida Afg‘oniston ta’lim vazirining o‘rinbosari bo‘lgan.

Bir vaqtlar u Kobul universitetida dars bergan. Harakat tashkil etilganidan beri «Tolibon» a’zosi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring