Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» delegatsiyasi O‘zbekistonga kelyapti

«Tolibon» delegatsiyasi O‘zbekistonga kelyapti

Afg‘oniston savdo vaziri Nuriddin Azizi boshchiligidagi afg‘on biznes jamiyati vakillaridan iborat «Tolibon» delegatsiyasi Toshkentga qarab yo‘lga chiqqan.

Ularning tashrifi haqida avvalroq xabar berilgandi. O‘shanda prezidentning maxsus vakili Abdulaziz Komilov Kobulga borgan edi.

Kun tartibida savdo aloqalarini rivojlantirish, tranzit jarayonlarini soddalashtirish va afg‘on biznes vakillari duch kelayotgan boshqa muammolarni hal qilish o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, 25-26 iyul kunlari Toshkent shahrida Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring