Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tomas Tuxel bosh murabbiy sifatida bugun «Chelsi»ni maydonga olib chiqadi

Tomas Tuxel bosh murabbiy sifatida bugun «Chelsi»ni maydonga olib chiqadi

Foto: «NEWS.ru»

Londonning «Chelsi» klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi — germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxel.

«Chelsi» bilan shartnoma imzolagan Tuxel ilk mashg‘ulotni o‘tkazishga ham ulgurdi. Bir yarim yilga tuzilgan shartnoma keyinchalik uzaytirilishi ham mumkin.

Tuxelning «ko‘klar» bosh murabbiyi sifatidagi debyuti bugun, 27-yanvar kuni «Vulverhempton»ga qarshi o‘yinda amalga oshadi.

So‘nggi ikki yarim yil «Pari Sen-Jermen»ni boshqargan Tomas Tuxel 2020-yil dekabr oyi oxirida iste’foga chiqarilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring