Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tomoshabinsiz futbol... futbolmi? Epidemiya millionlar o‘yiniga ham tahdid solmoqda

Tomoshabinsiz futbol... futbolmi? Epidemiya millionlar o‘yiniga ham tahdid solmoqda

Foto: «gettyimages.com»

Avvalroq koronavirus epidemiyasi tufayli Italiya A Seriyasi o‘yinlari 3 aprelgacha to‘xtatib qo‘yilganligi ma’lum bo‘lgandi.

Endi Ispaniya futboli rasmiylari La Liga va La Liga-2 musobaqasining navbatdagi ikki turini tomoshabinlarsiz o‘tkazishga qaror qilishdi. Qayd etilishicha, koronavirusning keng tarqalish xavfi sababli shunday qarorga kelingan.

Hozircha chempionatning navbatdagi — 28-29-turlarini bo‘sh stadionlarda o‘tkazishga qaror qilingan. Ehtiyot choralari, zaruriyat tug‘ilsa, yana uzaytirilishi mumkin.

Koronavirus ta’siri faqatgina ichki chempionatlarga tahdid solayotgani yo‘q. Oldinroq, Chempionlar ligasi doirasidagi «Valensiya» — «Atalanta», «PSJ» — «Borussiya D» va «Barselona» — «Napoli» o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tishi ma’lum bo‘lib ulgurgandi. Shuningdek, Yevropa ligasining 1/8 final bosqichidagi ikki o‘yin: «Sevilya» — «Roma», «Olimpiakos» — «Vulverhempton» bahslari ham bo‘sh stadionlarda o‘tkazilishi belgilangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring