Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman! «Tonirovka» narxi arzonlashmoqda (video)

Rasman! «Tonirovka» narxi arzonlashmoqda (video)

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida «Avtotransport vositalarining oynalari tusini o‘zgartirishga ruxsatnoma olish» xizmati joriy etildi.

Endi siz avtotransport oynalari tusini o‘zgartish uchun ruxsatnomani onlayn olish barobarida, yaxshigina (10 foiz!) chegirmaga ham ega bo‘lasiz. Bu — «tonirovka»ning narxi orqa yon oynalar uchun 135 ming so‘m (yuridik shaxslar uchun 270 ming so‘m), old va orqa yon oynalar uchun esa 1 million 300 ming so‘mga arzonlashdi degani!

Bo‘lishi mumkin emas? Qanday qilib deysizmi?!

Agar bu sizni qiziqtirib qo‘ygan bo‘lsa, o‘z avtotransportingizda qulaylik bo‘lishini va hech qanday jarimasiz «tonirovka»da yurishni istasangiz, barcha savollaringizga my.gov.uz manzilidan javob topasiz!

Quyidagi videoyo‘riqnomada xizmatdan foydalanish tartibi batafsil keltirilgan.

Xizmatning yana bir afzallik jihati — uning tezkorligi. Ya’ni to‘lov amalga oshirilgach, uzog‘i 2 soat ichida Yagona portaldagi shaxsiy kabinetingizga elektron ko‘rinishdagi QR-kodli sertifikat, ya’ni ruxsatnomangiz kelib tushadi. Va uni istalgan vaqtda yuklab olishingiz mumkin.

Haydovchilarga yana bir ma’qul tomoni, endi avtotransport oynasiga STIKER majburiy ravishda yopishtirilmaydi!

Shuningdek, oynalarni tusini o‘zgartirishga berilgan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish (avtotransport vositasining mulkdori, davlat raqam belgisi o‘zgargan taqdirda) elektron davlat xizmati joriy yilning 1 oktyabr kunidan ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring