Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tonirovka» xizmatidan ikki kunda 1000 dan ortiq kishi foydalandi

«Tonirovka» xizmatidan ikki kunda 1000 dan ortiq kishi foydalandi

Avvalroq avtotransport oynalari tusini o‘zgartirishga ruxsatnomani faqat onlayn tartibda – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali olish yo‘lga qo‘yilgani va 10 foiz chegirma berilgani xabar qilingandi.

Xizmat joriy etilganiga 48 soat vaqt o‘tib, 1000 dan ortiq yurtdoshlarimiz xizmatdan foydalanib ko‘rgan. Ulardan 182 nafari jarayonlardan to‘liq o‘tgani bois «tonirovka» uchun ruxsatnomaga ega bo‘lishdi.

Qayd etilishicha, my.gov.uz portaliga kirib, oyna tusini o‘zgartirish xizmatida foydalanish uchun bor-yo‘g‘i 6 daqiqa vaqt ketadi. Oradan 2 soat o‘tar-o‘tmas «tonirovka» uchun ruxsatnoma taqdim etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring