Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qayev bolalar jamg‘armasi uchun misli ko‘rilmagan mablag‘ ajratishga qaror qildi

To‘qayev bolalar jamg‘armasi uchun misli ko‘rilmagan mablag‘ ajratishga qaror qildi

Qozog‘istonda bolalar uchun milliy jamg‘arma tashkil etiladi.

Bu haqda prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev 1-sentyabr kuni parlament minbaridan mamlakat xalqiga yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.

Q.To‘qayev mamlakatdagi har bir oila milliy boyliklardan tegishli ulushini olishi kerakligini ta’kidlagan. Uning taklifiga ko‘ra, bolalar uchun maxsus jamg‘arma ta’sis etiladi. Qozog‘iston milliy jamg‘armasining sarmoyaviy daromadidan 50 foizi muntazam ravishda mazkur fondga o‘tkaziladi. Tushadigan mablag‘ bolalar voyaga yetgunga qadar saqlanadi hamda ularning turarjoy xarid qilishi va tahsil olishiga sarflanadi.

«Bu mablag‘lar o‘sib kelayotgan avlod uchun katta hayotga yo‘llanma vazifasini o‘taydi. Jamg‘arma chinakam milliy maqomga ega bo‘lib, xalq manfaatiga xizmat qiladi», – degan Q.To‘qayev.

Qozog‘iston prezidenti xalqqa murojaatida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotga doir muhim tashabbuslarni ilgari surgan. Jumladan, mamlakatda joriy yil kuzda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi o‘tkazilishi e’lon qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring