Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qayev Qozog‘istonning pozitsiyasini bildirdi

To‘qayev Qozog‘istonning pozitsiyasini bildirdi

Qosim-Jo‘mart To‘qayev bugun Vladimir Zelenskiy bilan telefonda gaplashdi. Suhbat Ukraina tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tdi.

Qozog‘iston va Ukraina prezidentlari diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘zaro tabrik yo‘llashdi.

Qosim-Jo‘mart To‘qayev ushbu davrda iqtisodiy va gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda muhim ijobiy natijalarga erishilganini ta’kidladi, deb xabar berdi Oqo‘rda.

Qozog‘iston prezidenti Turkiyada BMT ko‘magida Ukraina donini eksport qilish bo‘yicha erishilgan uch tomonlama kelishuvga ijobiy baho berdi.

Qosim-Jo‘mart To‘qayev, shuningdek, Qozog‘istonning Ukrainadagi vaziyatni diplomatik yo‘l bilan tartibga solish bo‘yicha prinsipial pozitsiyasini tasdiqlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring