Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rtko‘lda «Cobalt» ayanchli ahvolga keldi

To‘rtko‘lda «Cobalt» ayanchli ahvolga keldi

Ijtimoiy tarmoqlarda To‘rtko‘l tumanida «Cobalt» avtomobili yonib ketganligi bo‘yicha video tarqaldi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 11 noyabr kuni soat 15:30 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani «Oqboshli» OFY hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 584-585-kilometrlari oralig‘ida haydovchi, 2001 yilda tug‘ilgan K.S. boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomobilning dvigatel qismida qisqa tutashuv sababli yong‘in yuzaga kelgan va yukxonasida bo‘lgan gaz ballon portlagan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Ushbu hodisa yuzasidan To‘rtko‘l tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring