Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Malibu» ag‘darildi

Toshkentda «Malibu» ag‘darildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Bugun, 13-yanvar kuni soat 10:00larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Sh.Rashidov ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 2000-yilda tug‘ilgan B.M. «Malibu» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ushbu ko‘chada joylashgan «Mebel House» ro‘parasiga yetgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida to‘xtab turgan haydovchi, 1989-yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi «Lasetti» va haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan A.Yu. boshqaruvidagi yana bir «Lasetti» rusumli transport vositalariga urilib, «Malibu» ag‘darilgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring