Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Reyting: Toshkent — birinchida, Surxondaryo – oxirida...

Reyting: Toshkent — birinchida, Surxondaryo – oxirida...

Foto: «Xabar.uz»

Hukumat qarori bilan Adliya vazirligiga joylarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini aniqlash vazifasi yuklatilgan.

Shunga ko‘ra hududlarning Biznes reytingi b-indicator.uz saytida e’lon qilinib kelinmoqda, deb xabar bermoqda «Huquqiy axborot» kanali.

2020-yil yakunlari bo‘yicha ham 14 ta viloyat hamda 203 ta tuman (shahar)larning Biznes reytingi e’lon qilindi.

Reyting 30 ta indikator bo‘yicha shakllantirildi.

Reyting shakllantirishda 15 ta vakolatli organlar tomonidan kiritilgan 4 mingga yaqin statistik ma’lumotlar hamda 25 mingdan ortiq tadbirkorlardan so‘rov yo‘li bilan olingan 475 mingga yaqin axborotlar tahlil qilindi.

Baholash yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri 1-o‘rinni, Surxondaryo viloyati – oxirgi o‘rinni egalladi.

Tuman (shahar)lar ichida Bektemir tumani 1-o‘rinni, Baxmal tumani – oxirgi o‘rinni egalladi.

Hududlarning Biznes reytingi bilan b-indicator.uz saytida batafsil tanishish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring