Toshkent bo‘ylab issiq suv ta’minotida uzilishlar kuzatiladi

Iyul va avgust oylarida issiq suv ta’minotida rejali 5 kunlik uzilishlar kuzatiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yoz mavsumida asosiy issiqlik energiyasi ta’minotchisi — «Toshkent issiqlik markazi» MChJ tomonidan 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu ishlar doirasida 1-8-IM issiqlik markazlarida ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.
Shu sababli, iyul va avgust oylarida Toshkent shahrining ayrim tumanlarida reja-jadval asosida issiq suv ta’minoti 5 kunlik muddatga to‘xtatiladi.
Suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladigan hududlar va sanalar ushbu havolada keltirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter