Toshkent kasallanishning asosiy o‘chog‘i sifatida qolmoqda

2020-yil 20-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 37 547 (+181) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 177 nafari Toshkent shahrida, 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Uchtepa tumanida yashagan 60 yoshli Z.G. (ayol) hamda 72 yoshli A.T. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytga qadar yurtimizda 33 261 (+317) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 88 foizni tashkil qilmoqda.
Hozirda mamlakatimizning davolash muassasalarida 4 034 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter