Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent metrosining ayrim chiptaxonalari yopiladi

Toshkent metrosining ayrim chiptaxonalari yopiladi

Uzoq vaqt davom etgan kuzatuv va o‘rganishlar natijalariga ko‘ra bir qancha metro bekatlaridagi vestibyullarda joylashgan kassalarda chiptalar xarid qilinish ko‘rsatgichi keskin kamaygani aniqlandi.

Qayd etilishicha, QR-kodli bir martalik chiptalar 3000 so‘mni tashkil qilsa, boshqa to‘lov usullari 1700 so‘m va undan ham arzon. Shuni inobatga olib, hozirgi vaqtga kelib yo‘lovchilarning kam sonli qismigina naqd pul ko‘rishida ya’ni kassadan QR-kodli chipta xarid qilib yo‘l haqini to‘lashmoqda. Raqamlarga qaraydigan bo‘lsak, ilgari bir martalik QR-kodli chiptalardan metro yo‘lovchilarining 45-50% foydalangan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib qariyb 6-7 foizini tashkil qilmoqda.

Shu boisdan, naqd pul ko‘rinishida to‘lovni amalga oshiruvchi yo‘lovchilar soni kam bo‘lgan 13 ta metro bekatlarining (Mirzo Ulug‘bek, Xalqlar do‘stligi, Paxtakor, Hamid Olimjon, Pushkin, Do‘stlik, Toshkent, Oybek, Tinchlik, Shahriston, Bodomzor, Minor hamda Abdulla Qodiriy ) 1 tadan vestibyullaridagi kassalar yopildi va ushbu vestibyullarga chipta sotib olish uchun avtomatlashtirilgan bankomatlar sinov tariqasida o‘rnatilmoqda.

Shuningdek, metro yo‘lovchilari kassa yopilgan vestibyullarda ham avtomatlashtirilgan to‘lov turlarining boshqa usullari orqali to‘lov qilish imkoniyatiga egalar. (ATTO kartalari, bank kartalari, turli mobil ilovalar, kaft orqali va boshqa to‘lov usullari).

Shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, yuqoridagi to‘lov usullarining afzalliklari, yo‘lovchilar o‘z vaqtlarini tejashlari ya’ni kassa oldida navbat kutmasdan, qolaversa, metroda yo‘l haqini arzon tarifda to‘lashlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring