Toshkent metrosining yana 6 ta bekatida poyezdlar harakati to‘xtatiladi

2025-yil 2-avgustdan boshlab «Texnopark – Yangiobod» yo‘nalishida joylashgan 6 ta metro bekatida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
«Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, metro poyezdlar harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari ma’lum muddat foydalangandan so‘ng, rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish lozim», – deyiladi korxona rasmiy kanalida.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida «Texnopark-Qipchoq-Texnopark» metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tonggi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishining «Texnopark – Qipchoq» bekatlari oralig‘ida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga mo‘ljallangan rejali profilaktik ishlari amalga oshirilishi aytilgan va shu yilning 28 iyunidan boshlab, «Quruvchilar (12-bekat) - Yangiobod (6-bekat)» bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter