Toshkent metrosining ikki bekatida harakat to‘xtatildi

Toshkent metrosining ikki bekati oralig‘idagi harakat vaqtincha to‘xtatildi.
2025-yil 8-iyundan Toshkent metropolitenining yer usti halqa yo‘nalishidagi "Quruvchilar" va "Qipchoq" bekatlari oralig‘idagi metro harakati profilaktika ishlari sababli vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida, ushbu oraliqda 1M sonli avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi. Yo‘nalish faoliyati soat 5:00 dan 23:00 gacha belgilangan bo‘lib, ushbu avtobus yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.
Yo‘lovchilarni avtobuslarga chiqish va tushirish faqat metro stansiyalarida amalga oshiriladi. Poyezd harakati qachon tiklanishi haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter