Toshkent moliya institutida Malayziya bilan qo‘shma fakultet ochildi

Toshkent moliya institutida Malayziyaning Bayneriy universiteti (Binary University of Management & Entrepreneurship) bilan hamkorlikda «Binary Graduate School» qo‘shma fakulteti tashkil etildi. Bu haqda moliya instituti matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur qo‘shma fakultetda 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab Master of Business administration (MBA), MSc in Accounting & Finance (by research), MSc in Information Technology Management kabi ta’lim mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlanadi.

O‘qishga qabul magistrantlarga 1+1 dasturi asosida yoki dastur davomida istalgan bir semestrda Malayziyada tahsil olish imkoniyati yaratiladi. Qo‘shma fakultet bitiruvchilariga ikki tomonlama diplom berish amaliyoti joriy etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter