Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchun bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchun bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

2021 yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti birinchi yotoqxonasi ochildi. Yotoqxona ichki jihozlanishi samarali tashkil etilishi uchun Inha universiteti (Koreya Respublikasi) tajribasi birinchi marta qo‘llanildi.

2021 yil 27 oktyabr yotoqxonada yashovchi talabalar uchun yana bir muhim kun bo‘ldi. Aynan shu kuni TshIU tarixida birinchi marta talabalar uchun Toshkent shahridagi Inha universiteti va yotoqxona yo‘nalishi bo‘yicha bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

47 o‘ringa mo‘ljallangan qulay avtobus yotoqxonada yashovchi talabalar uchun har kuni kunduzgi va kechqurungi qatnovi amalga oshiriladi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchun bepul avtobus yo‘lga qo‘yilgani qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan navbatdagi qadam bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring