Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahridagi restoranlarning birida yong‘in chiqdi

Toshkent shahridagi restoranlarning birida yong‘in chiqdi

Kecha, 9 may kuni soat 22:00 atrofida Toshkent shahridagi Yangihayot tumanidagi hozirda ish faoliyatida bo‘lmagan restoranlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yong‘in haqida FVBga xabar kelib tushgach, 5 ta yong‘in qutqaruv ekipaji voqea joyiga 22:06 da yetib borib, soat 22:23 da yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida restoranning 100 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring