Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahriga gul ekish uchun 12 mlrd so‘m ajratiladi

Toshkent shahriga gul ekish uchun 12 mlrd so‘m ajratiladi

Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining 19 sentyabrdagi sessiyasida ayrim xarajatlarni mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan moliyalashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Hujjat Ye-Qaror portalida e’lon qilindi.

Deputatlar 2023 yilda poytaxtda mavsumiy gullar ekish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 6,2 milliard so‘m, gul ko‘chatlari ekish uchun tuman obodonlashtirish bo‘limlariga yana 5,8 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishi ma’qullandi.

Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan boshqarmalar tomonidan, avtotransport vositalari va ishchi xodimlari bilan tasarrufidagi obodonlashtirish ob’yektlarini saqlash, mexanik usulda va qo‘l kuchi bilan tozalash, suv sepish, kuz mavsumida xazonrezgi davrida ko‘chalarni tozalash, qish mavsumida qum-tuz qorishmasini sepish, qor uyumlaridan tozalash, ularni olib chiqib ketish, ko‘kalamzorlashtirish hamda obodonlashtirish ishlari va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun hamda yonilg‘i mahsulotlar narxlari ko‘tarilganini inobatga olib 3,7 milliard so‘m ajratildi.

Shuningdek, Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “Obod” va “Yunusobod” mahallari hududini obodonlashtirish, muhandislik tarmoqlarini va ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tanlov (tender) savdolarini o‘tkazish uchun 1489,5 mln so‘m, “Yunusobod” mahallasini muhandislik tarmoqlarini va ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun 210,0 so‘m, jami 1699,5 mln (bir milliard olti yuz to‘qson to‘qqiz million besh yuz ming) so‘m miqdorida mablag‘ yo‘naltiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring