Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent teleminorasiga pasportsiz kirish imkoni yaratiladi

Toshkent teleminorasiga pasportsiz kirish imkoni yaratiladi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent teleminorasiga pasportsiz kirishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

«Ma’lumki, Toshkent teleminorasi strategik ahamiyatga ega ob’yekt hisoblanadi. Shu bois bu yerga shaxsni tasdiqlovchi hujjat orqali kiritiladi. Boshqa hollarda esa teleminora go‘zalligini faqat tashqaridan kuzatish mumkin.

Poytaxtimizda sayyohlik imkoniyatlarini kengaytirish va turistlar uchun qulaylik va sharoitlarni yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Toshkent teleminorasi ma’muriyatining ma’lum qilishicha, tez orada ushbu maskanga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kirish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda» deyiladi ushbu xabarda.

Toshkent teleminorasi balandligi bo‘yicha jahonning 200 dan ortiq minoralari orasida 11-o‘rinni egallaydi. Teleko‘rsatuvlar ko‘lamining kengayishi munosabati bilan kuchli radio-televizion uzatish stansiyasi qurilishiga ehtiyoj paydo bo‘lganligi sababli Bo‘zsuv kanalining o‘ng sohilida 1978–85 yillarda mazkur inshoot bunyod etilgan. Toshkent teleminorasi 3 ta konussimon tirgakka o‘rnatilgan. Undan Butunjahon buyuk minoralar federatsiyasiga bag‘ishlangan muzey, «Koinot» restoranining «Alvon» va «Moviy» zallari, kuzatuv maydonchalari o‘rin olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring