Sirojiddin Eshquvvatov qurilish sohasida rahbarlik lavozimini egalladi
Sirojiddin Eshquvvatov Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sirojiddin Eshquvvatov Toshkent viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.
Avval bu lavozimda Kozim To‘laganov ishlab kelgandi. Ilgari Toshkent shahri va Toshkent viloyatining hokimi bo‘lgan Kozim Nosirovich To‘laganov 2018-yilda Qurilish vaziriga o‘rinbosar etib tayinlangandi.
Kozim To‘laganov O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ham ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter