Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida 14 yoshli bola qarindoshini otib qo‘ydi

Toshkent viloyatida 14 yoshli bola qarindoshini otib qo‘ydi

Toshkent viloyatida 14 yoshli fuqaro E.E. 2007-yilda tug‘ilgan qarindoshini pnevmatik qurolda otib qo‘ydi. Bu haqda viloyat IIBB Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, 2-avgust kuni 14 yoshli E.E. Toshkent viloyati Parkent tumani “Yoshlik” mahallasida yashovchi tog‘asining uyiga mehmonga kelgan. U yerda 2007-yilda tug‘ilgan M.T. (tog‘asining o‘g‘li) bilan qushlarni ovlash maqsadida tog‘asiga tegishli bo‘lgan 4,5 kalibrli pnevmatik qurolni uydan olib chiqqan. Shundan so‘ng 14 yashar E.E. ehtiyotsizligi oqibatida pnevmatik quroldan o‘q otib, 15 yoshli M.T. ning chap ko‘krak sohasiga tan jarohati yetkazgan.

Natijada fuqaro M.T. olgan tan jarohati bilan hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat Toshkent viloyatidagi mahallalarda sektor rahbari va mas’ullar tomonidan o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar doirasida muhokama qilindi.

Tadbirda 7 oy davomida “Yoshlik” MFY profilaktika inspektori kapitan R. Nishonov tomonidan amalga oshirilgan ishlar va mahallaning kriminogen vaziyati haqidagi hisoboti tinglandi va muhokama qilindi. Jinoyatchilik bo‘yicha “qizil” toifaga kirgan shu va boshqa mahallalardagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishni kun tartibiga qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring