Toshkent viloyatida uch nafar mansabdorga chora ko‘rildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoniga Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan «Oydin hayot» MChJ vakili murojaat qilib, soliq organlari tomonidan belgilangan tartibga zid ravishda tadbirkorlik sub’yektini xabardor etmasdan jamiyat faoliyatida soliq tekshiruvi o‘tkazilgani uchun nazoratchilarga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
Murojaatni o‘rganish davomida xaqiqatdan ham soliq organining 3 nafar xodimlari tekshirish o‘tkazish tartibini qo‘pol ravishda buzganliklari aniqlandi.
Jamiyatning qonun bilan kafolatlangan xuquq va manfaatlariga zid harakatlari uchun ularga nisbatan ma’muriy xuquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli chora ko‘rilishi ta’minlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter