Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent xalqaro aeroporti uchib ketish terminali oldidagi «Terminal» kafesida yong‘in chiqdi

Toshkent xalqaro aeroporti uchib ketish terminali oldidagi «Terminal» kafesida yong‘in chiqdi

Illyustrativ foto

Bugun soat 11:20 da Toshkent xalqaro aeroporti uchib ketish terminali oldi hududidagi «Terminal» kafesida yong‘in chiqqan.

Voqea joyiga zudlik bilan o‘t o‘chirish bo‘limlari yetib kelgan. Yong‘in soat 11:47 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida 5 kv.m maydonga zarar yetgan. Jabrlanganlar yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga oshxonadagi kichik yong‘in sabab bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, Toshkent xalqaro aeroporti odatiy tartibda ishlamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring