Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent xalqaro aeroportida 8,5 tonna giyohvandlik vositasi fosh qilindi

Toshkent xalqaro aeroportida 8,5 tonna giyohvandlik vositasi fosh qilindi

Foto: Bojxona

Bojxona qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmati  tomonidan «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona komleksining «Aviayuklar» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida havo yo‘llari orqali respublikamizga xorijdan olib kelinib, so‘ngra yuk avtotransport vositasi orqali tranzit tarzida olib o‘tilishi rejalashtirilgan 25 tonna og‘irlikdagi 1000 qop qandolat ko‘knorisi urug‘lari oziq-ovqat mahsuloti belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Odatda turli pishiriqlarga qo‘shiladigan yoki yuzasiga sepiladigan qandolat ko‘knorisi garchi o‘xshash bo‘lsa-da, an’anaviy ko‘knori giyohvandlik vositasidan tubdan farq qiladi. Ya’ni, ushbu mahsulot ko‘knori oilasiga mansub o‘t o‘simliklarning maxsus tayyorlangan va qayta ishlangan urug‘lari hisoblanadi.

Ammo, bojxona ko‘rigi davomida hujjatlarda qandolat ko‘knorisi deb ko‘rsatilgan 25 tonna urug‘ va somonlar tarkibida qarangki, haqiqiy giyohvandlik vositasi hisoblangan 8,5 tonna ko‘knori somoni borligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida»2015 yil 12 noyabrdagi 330-son qaroriga binoan ko‘knor somoni mamlakatimiz hududida muomalasi taqiqlangan giyohvandlik moddasi hisoblanadi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ta’kidlanishicha, bitta holatda 8,5 tonna giyohvandlik vositasining fosh qilinishidek eng yirik ko‘rsatkich O‘zbekiston bojxona xizmati organlarining so‘nggi 30 yillik tarixida ilk bor qayd etilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring