Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent xalqaro aeroportida yuk aravachalari bilan bog‘liq muammo yuz berdi

Toshkent xalqaro aeroportida yuk aravachalari bilan bog‘liq muammo yuz berdi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent xalqaro aeroportida yuk aravachalari bilan bog‘liq muammo yuzaga kelayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi.

«Uzbekistan Airports» vaziyat bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqqan.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Toshkent xalqaro aeroportida yuk aravachalari bilan bog‘liq muammo kuzatilmoqda. Bu vaziyat aeroportni bagaj aravachalari bilan ta’minlab kelgan «Abadiya Trade» kompaniyasi tomonidan shartnomaning bir tomonlama bekor qilinishi munosabati bilan yuzaga kelgan.

Ayni paytda «Uzbekistan Airports» Handling kompaniyasi Toshkent xalqaro aeroporti uchun yangi yuk aravalar xarid qilish orqali muammoni hal qilish choralarini ko‘rmoqda. Yaqin kunlarda aeroportga 1000 ta yangi yuk aravalari yetkazib berilishi kutilyapti. Ta’kidlanishicha, unga qadar aeroport xodimlari yo‘lovchilarga, ayniqsa, ayollar va yoshi katta yo‘lovchilarga og‘ir yuklarni tashishda yordam beradi.

«Uzbekistan Airports boshqaruv kompaniyasi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi va muammoni imkon qadar tezroq hal etishga va’da beradi», — deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring