Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Kecha Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida «Ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda taniqli yulduzlar, xorijiy delegatsiyalar mehmonlari, OAV vakillari hamda kinoixlosmandlari ishtirok etishdi. Tadbir avvalida an’anaga muvofiq mashhurlar uchun «qizil yo‘lak» tashkil etildi.
Ochilish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Prezidentining tabrigini o‘qib eshittirdi va barchani Toshkent xalqaro kinofestivali ochilishi bilan qutladi.
Marosim davomida kinofestival bayrog‘i yuqoriga ko‘tarilib, «Ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali ochiq deb e’lon qilindi. Shuningdek, taniqli mehmonlar Filipp Kirkorov va Serdar Ortach tomonidan qo‘shiqlar ijro qilindi. Milliy kuy va raqslarga ham boy o‘tgan ochilish marosimi barchada iliq taassurot qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent xalqaro kinofestivali 3 oktyabrgacha davom etadi. Kinofestivalning bosh homiylari «Bosch» TM hamda «Easy Booking».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter