Toshkent-Xiva yo‘nalishida elektropoyezdlar qatnovi boshlandi
Bugun Toshkent-Xiva yo‘nalishida ilk elektropoyezd yo‘lga chiqdi, deya xabar bermoqda «O‘zA».
Prezidentimiz 2017-yil yanvar oyida Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida Urganchdan Xivagacha temir yo‘l va Xiva shahrida zamonaviy vokzal barpo etish, bu yo‘lda elektropoyezdlar, kelgusida yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» tezyurar poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish lozimligini qayd etgan edi.
Shavkat Mirziyoyev o‘tgan haftada Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida «Xiva» temir yo‘l vokzalining yangi binosi va bu yerda yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan edi.
Vokzal binosi Xorazm me’morchiligi namunalarini o‘zida aks ettirib, unda zamonaviy VIP zal, ona va bola, tibbiyot xonalari mavjud. Vokzalda 35 ishchi bir vaqtning o‘zida 200 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. 20 o‘rinli mehmonxona yurtdoshlarimiz va turistlarga qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter