Toshkent – Xo‘jakent yo‘nalishidagi temir yo‘l kapital ta’mirlanmoqda
Salar – Chirchiq – Xo‘jakent temir yo‘l uchastkasida yo‘lovchi poyezdlarining, shu jumladan shaharlararo yo‘nalishda tezyurar harakatni tashkillashtirish bo‘yicha temir yo‘llarni kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Salar – Chirchiq – Xo‘jakent temir yo‘l uchastkasida temir yo‘l izlarini mukammal ta’mirlash (reabilitatsiya) ishlari ikki bosqichdan iborat.
Birinchi bosqich, Salar – Chirchiq qismida bo‘lib o‘tadi. Hozirda, ushbu temir yo‘l qismining 11 kilometrlik uchastkasida kapital ta’mirlash olib borilmoqda.
Ikkinchi bosqichda, Chirchiq – Xo‘jakent uchastkasi qamrab olinadi. Unda, 17 kilometrlik inventar relslarni uloqsiz relslarga almashtirish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, tezyurar harakatni tashkil etishda mavjud harakat tarkib (elektrichka)lar ham modernizatsiya qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter