Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 17 yoshli haydovchi quvib tutildi

Toshkentda 17 yoshli haydovchi quvib tutildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati IIBB xizmat avtomobili huquqbuzarni ta’qib qilayotgani aks etgan videoga izoh berdi.

Qayd etilishicha, 29 iyun kuni soat taxminan 02:30 da Olmazor tumanidagi Kichik xalqa avtomobil yo‘lida YHXB YPX inspektori, kichik serjant E.Rasulov xizmat paytida e’tiborini tortgan Matizni to‘xtatmoqchi bo‘lgan. Ammo haydovchi inspektorning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, harakatni davom ettirgan. 

Shundan so‘ng Toshkent shahar IIBB xodimi o‘ziga biriktirilgan xizmat avtomobilida Matizni ortidan ta’qib qilgan. Harakatlanish davomida Matiz boshqaruvni yo‘qotib Cobalt bilan to‘qnashgan va voqea joyini tark etgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida 17 yoshli Zoyir A. boshqaruvidagi Matiz to‘xtatilgan. Uning haydovchilik guvohnomasi va boshqa hujjatlari bo‘lmagani aniqlangan. Holat bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda. 

Avtomobil MJtKning 291-moddasi 1-qismi «a» bandiga muvofiq jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Holatni videoga olib tarqatgan haydovchining xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring