Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 3 nafar ishchi tuproq tagida qolib ketgan, qidirilyapti – FVV

Toshkentda 3 nafar ishchi tuproq tagida qolib ketgan, qidirilyapti – FVV

Bugun, 11-oktyabr kuni soat 14:21 da Toshkent shahar, Uchtepa tumani Beshqayrag‘och ko‘chasida oqova (chiqindi) suvlari uchun mo‘ljallangan chuqurlik (kotlovan) qazish vaqtida o‘pirilish sodir bo‘lib, 3 nafar fuqaro tuproq ostida qolib ketganligi taxmin qilinmoqda.

Hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan shahar FVBning 2 ta qutqaruv otryadining 16 nafar qutqaruvchilari tomonidan tuproq ostida qolib ketgan fuqarolarni qidiruv ishlari olib borilyapti.

Voqea joyiga shahar FVB, SSB hamda IIB rahbar xodimlari yetib borgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring