Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 32 yoshli firibgar 2,4 milliard so‘mni «uxlatib ketdi»

Toshkentda 32 yoshli firibgar 2,4 milliard so‘mni «uxlatib ketdi»

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar Yunusobod tumani prokuraturasi 1986-yilda tug‘ilgan erkakka nisbatan jinoyat ishi ochdi. Bu haqda «Uznews.uz» xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, u uch nafar toshkentlik fuqarodan 2,4 milliard so‘m pul olgan. Xorijdan neft ishlab chiqaruvchi uskuna olib kelishni va’da qilgan firibgar bu pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborgan.

Shu tariqa 32 yoshli «tadbirkor»ga jinoyat kodeksining tegishli moddalariga binoan jinoyat ishi ochildi. «UzNews.uz» nashrining aniqlik kiritishicha, ayblanuvchi jabrlanuvchilarning biriga 108 million so‘mni to‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring