Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda aholi pullarini o‘zlashtirishda gumonlangan ikki mansabdor qamaldi

Toshkentda aholi pullarini o‘zlashtirishda gumonlangan ikki mansabdor qamaldi

Toshkent shahrida aholidan yig‘ilgan katta miqdordagi majburiy badal tushumlarini «Mening uyim» billing tizimidan o‘tkazmay, noqonuniy ravishda talon-toroj qilgan uy-joy mulkdorlari shirkatlari rahbarlari qo‘lga olindi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan aholi murojaatlariga asosan olib borilgan o‘rganish ishlarida Toshkent shahri Uchtepa tumanida faoliyat yuritgan boshqaruv tashkiloti rahbari O.O. aholi mablag‘larini bank hisob raqami orqali kirim qilmasdan, noqonuniy o‘zlashtirgani va 247 mln so‘mga yaqin mablag‘ni talon-taroj qilganligi aniqlangan.

Shuningdek, poytaxtning Yangihayot tumanida faoliyat yuritgan boshqaruv tashkilotlaridan biri rahbari A.K. 2021-2022-yillar davomida majburiy badal to‘lovni amalga oshirish uchun aholidan undirilgan 154 mln so‘m mablag‘ni bank hisobiga kirim qilmay, o‘z ehtiyojiga o‘zlashtirib yuborganligi fosh qilindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

«Mazkur jinoiy xatti-harakatlar sohada nazorat tizimini yanada kuchaytirish zaruratini tug‘dirmoqda. Shu ma’noda joylarda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishchi guruhlar tuzilib, boshqaruv tashkilotlarining faoliyatini o‘rganish ishlari amalga oshirilayotganligini ma’lum qilamiz», – deyiladi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi munosabatida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring