Toshkentda avtobus haydovchilari urishib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda jamoat transporti haydovchilari o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro aks etgan video tarqalgan. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB o‘rganish o‘tkazgan.
Unga ko‘ra, voqea 1 iyun kuni Yunusobod tumanidagi savdo markazi yonida joylashgan avtobuslar to‘xtash bekatida sodir bo‘lgan. Avtobus haydovchisi 31 yoshli T.K., boshqa avtobus haydovchisi 43 yoshli A.U. va avtobus konduktori 25 yoshli M.G. o‘rtasida og‘zaki janjal yuzaga kelgan, shu yerda bo‘lgan boshqa fuqarolar tomonidan mojaro to‘xtatilgan.
Ushbu holat yuzasidan avtobus haydovchilari T.K. va A.U.larga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (Mayda bezorilik) asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga taqdim etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter