Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avtobuslar harakati qisqartiriladi

Toshkentda avtobuslar harakati qisqartiriladi

Foto: Xabar.uz

«Toshshahartransxizmat» AJ tasarrufidagi yo‘nalishlarda qatnayotgan avtobuslar harakat jadvaliga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritildi.

Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, 2020-yilning 19-martidan boshlab yo‘lovchi oqimi keskin kamaygan vaqtlar –  soat 10:00dan 16:00ga qadar atvobuslar harakati oraliq intervallari uzaytirilmoqda.

Bunga ayni kunlarda O‘zbekistonda karantin e’lon qilingani, jamoat transportida yo‘lovchi oqimining keskin qisqarishi natijasida tig‘iz vaqtlardan tashqari avtobuslarning yo‘nalishlarda yo‘lovchisiz harakatlanishi kuzatilayotgani va bu transport vositalarining yemirilishiga, yoqilg‘i-moylash mahsulotlarining samarasiz sarflanishiga sabab bo‘layotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

«Toshshahartransxizmat» vaqtincha yuzaga kelgan bunday noqulaylik uchun uzr so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring