Toshkentda ayanchli avtohalokat yuz berdi (foto)

12-may tungi soat 03.00 larda Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasida 1999 yilda tug‘ilgan U.M. «Spark» avtomobilni ishonchnoma asosida boshqarib, tezlikni oshirishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lni ajratib turuvchi qismidagi beton ustunga urilgan.
YTH natijasida avtomobil haydovchisi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.
Avtomobil yo‘lovchisi – 1995 yilda tug‘ilgan K.Sh. shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlarning sa’yi-harakatlariga qaramasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter