Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ayrim ko‘chalar yopiladi

Toshkentda ayrim ko‘chalar yopiladi

Foto: Xabar.uz

10 oktyabrdan 30 oktyabrgacha issiqlik mavsumiga tayyorgarlik doirasida Yashnobod tumanida qator ko‘chalar bo‘ylab avtomobil yo‘l qatnovining ma’lum qismini yopgan holda tarmoq quvurlarini o‘tkazish ishlari olib boriladi.

Bunda, Ashrafiy va Izzat ko‘chalari chorrahasidan Birlashgan va Izzat ko‘chalari chorrahasigacha - diametri 600 mm va uzunligi 60 m quvurlar almashtiriladi.

Avtomobil qatnov yo‘li Ashrafiy va Izzat ko‘chalari chorrahasidan Beshariq va Izzat ko‘chalari chorrahasigacha yopiladi.

Mazkur ishlar issiq suv ta’minoti iste’molchilariga cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring