Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogiga start berildi

Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogiga start berildi

Foto: Olympic.uz

Bugun, 25-aprel kuni Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi start oldi.

Bellashuvlarda 26 mamlakatdan kelgan 100 nafardan ziyod sportchi o‘z mahoratini namoyish etadi.

Dasturga ko‘ra, bugun saralash bosqichi va tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi. Ertadan sportchilar medallar uchun kurashni boshlashadi.

Musobaqada quyidagi gimnastikachilarimiz ishtirok etishmoqda:

Yakkalik bahslar:

  • Taxmina Ikromova;
  • Anastasiya Saranseva.

Guruh mashqlari:

  • Evelina Atalyans;
  • Maftuna Zoirova;
  • Adelya Fayzulina;
  • Mumtozabonu Is’hoqzoda;
  • Amaliya Mamedova;
  • Irodaxon Sodiqova.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring