Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bedarak yo‘qolganlar qidirilmoqda

Toshkentda bedarak yo‘qolganlar qidirilmoqda

Foto: IIBB

Toshkent shahar IIBB bedarak yo‘qolganlarning qidiruvida ko‘mak so‘radi.

1989 yilda tug‘ilgan Irisqulova Fotima Qudratovna, 2022 yil 18 aprel kuni Sergeli tumani, Moxichehra ko‘chasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 165-170 sm, sochlari uzun qora, tana tuzilishi o‘rtacha.

Kiyimlari: oq gulli ko‘ylak, oq shim, qizil rangli shippak va qizil ro‘mol.

1983 yilda tug‘ilgan Krupnov Aleksandr Yevgenevich, 2021 yilning 13 avgust kuni Yashnobod tumani «Uysozlar» MFY hududidan chiqib ketib qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 170-175 sm, sochlari kalta to‘q jigarrang, ko‘zlari jigarrang, ozg‘indan kelgan, burni o‘rtacha, lablari qalin, o‘ng ko‘zining tepa qismida chandig‘i (shram) mavjud.

Kiyimlari: To‘q qizil rangli mayka, shorti, kulrang krossovka.

«Agar sizda yuqoridagi shaxslarning turar joylari to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa, eng yaqin ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring