Toshkentda bir kunda 3 tonna non axlatga tashlanmoqda
Toshkent shahrida bir kunda 3 tonna non axlatga tashlanishi aytilmoqda.
Shahar «Maxsustrans» ishlab chiqarish boshqarmasi bosh inspektori Ismoil Sagdullayevning O‘zAga ma’lumot berishicha, ayni paytda poytaxtda eng ko‘p chiqindiga tashlanadigan mahsulot bu — non va oziq-ovqat mahsulotlaridir.
Bu mahsulotlarni yildan-yilga chiqindiga tashlash holatlari ortib bormoqda, deyiladi xabarda.
Toshkent shahrida bir kunda 2 ming 300 tonna chiqindi yig‘ib olinsa, shundan 3 tonnaga yaqini nondan iborat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter