Toshkentda bir nechta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Shayhontoxur tumani Furqat ko‘chasida sodir bo‘lgan YTH haqida ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, 2023-yil 8-aprel kuni soat 9:00 larda ikkita Nexia 2, bittadan Lacetti, Nexia 3 va Captiva rusumli avtomashinalar to‘qnashib ketgan.
Yo‘l transport hodisasi natijasida Nexia 2 avtomashinasi yo‘lovchisi tan jarohat olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter