Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda BMW va 9 avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (foto)

Toshkentda BMW va 9 avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (foto)

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBB Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasining internetda tarqalgan videolari yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2020-yil 6-noyabr kuni soat 21:30 larda Yunusobod tumanidan Amir Temur ko‘chasida 31 yoshli U.R. boshqaruvidagi Nexia-3 18 yoshli D.X.ga tegishli BMWga urilishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

BMW haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, 36 yoshli U.M.ga tegishli Captiva, 34 yoshli U.Yo.ga qarashli KIA Carnival, shuningdek, Spark, Matiz, yana 2 ta Captiva, Cobalt, Malibu kabi transport vositalariga shikast yetkazgan.

YTH oqibatida BMW haydovchisi tan jarohatlari olib, shifoxonaga murojaat qilgan.

Hodisaning taxminiy sabablaridan biri sifatida Nexia-3ning qayrilib olishga uringani va asosiy yo‘ldan kelayotgan BMga xalaqit bergani aytilmoqda. Vaziyat yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring