Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda buzilib qolgan Matiz ortidan 4 ta mashina kelib urildi

Toshkentda buzilib qolgan Matiz ortidan 4 ta mashina kelib urildi

Toshkent shahri Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasidagi tunnelda 2 fevral kuni 5 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

YTH soat 18:30 larda quyidagi mashinalar ishtirokida yuz bergan:

R.T. (1992 yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Lacetti;

Sh. I. (1989) — Matiz;

B.Q. (2004) — Matiz;

J.S. (1990) — Spark;

D.Q. (1992) — Spark.

Hodisa oqibatida yo‘l chetida texnik nosoz holatda turgan Matiz avtomashinasini  ta’mirlayotgan ikki kishi yengil jarohat olgan, ularga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring