Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda BYD haydovchisi YPX xodimini bosib ketdi

Toshkentda BYD haydovchisi YPX xodimini bosib ketdi

Chilonzor tumanida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan yigit BYD avtomobilida YPX inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, uni urib yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Joriy yilning 12 may kuni taxminan soat 19:20 larda Chilonzor tumaniga xizmatga jalb qilingan YPX inspektori Humoyun Sharipov o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtida Lutfiy ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan «BYD» rusumli davlat raqam belgisi 10 Y 070 GB bo‘lgan avtomobil harakat davomida shubha uyg‘otganligi sababli hushtak va jezl yordamida to‘xtash ishorasini bergan.

Biroq, haydovchi — 2002 yilda tug‘ilgan O.A. (haydovchilik guvohnomasi mavjud emas) YPX inspektorining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirib, 150-200 metr o‘tib ortga qayrilib olgan vaqtida, YPX inspektori qayta to‘xtash ishorasini berib, avtomashinalar harakatini to‘liq to‘xtatgan.

O.A. IIO xodimining qonuniy talablarini qasddan bajarmagan holda, YPX inspektorini ustiga mashinasini haydab, uni urib yuborgan. Natijada, YPX inspektori X.Sharipov «Ikkala son suyagi sinishi» tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 266-moddasi 1-qismi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring