Toshkentda chiqindini to‘plash va olib chiqib ketish tariflari o‘zgardi
2024-yil 4-yanvar kuni Toshkent shahar hokimligining “Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi” DUK tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lov tariflari miqdori tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, Toshkentda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lov tariflari miqdori quyidagicha:
- Aholi uchun bir kishi bir oyda QQSsiz – 7500 so‘m;
- Budjet, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga (1 m kub uchun) – 89 977,57 so‘m (QQSsiz);
- Suyuq va qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun budjet, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga (1 tn uchun) – 188 808,96 so‘m (QQSsiz);
- Qattiq maishiy chiqindilarni “Ohangaron” chiqindi tashlash maydonigacha ND-310 maxsus avtomashinalarida (sentrovoz) olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar (ChQYu va UK filiali) 1 tn uchun – 78 507,57 so‘m (QQSsiz);
- Korxona va tashkilot qattiq maishiy chiqindilarini (Yashnobod, Yakkasaroy va Yunusobod, ChQYu) punktlariga maishiy chiqindilarini qabul qilish, utilizatsiya qilish (zichlash) va Ohangaron poligoniga tashish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar (ChQYu va UK filiali) 1 tn uchun – 116 461,34 so‘m (QQSsiz);
- Korxona va tashkilot qattiq maishiy chiqindilarini Ohangaron poligoniga qabul qilish va utilizatsiyasi qilish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar (ChQYu va UK filiali) 1 tn uchun – 59 399,61 so‘m (QQSsiz);
- Korxona va tashkilotlardan Ohangaron poligoniga chiqindi qabul qilish va ko‘mish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar (ChQYu va UQ filiali) 1 tn uchun – 861 112,01 so‘m (QQSsiz).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter