«Toshkentda daraxtlarga suiqasd qilindi» — Rasul Kusherbayev
Toshkent shahrining Olmazor tumani, Chilto‘g‘on (Taxtapul) mahallasi hududidagi sobiq S.Rahimov bog‘i o‘rnidagi daraxtzorda daraxtlarga suiqasd qilindi. Bu haqda Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.
«Tadbirkor qurilish qilmoqchi bo‘lgan. Biroq mahalla ahli va ekologlar bu yerdagi yashnab turgan daraxtlarning kesilishiga qarshi.
Kesishning imkoni bo‘lmagach, atrof o‘ralib, ko‘zdan pana holda daraxtlarning tubi teshilib, daraxtni quritadigan suyuqliqlar quyilgan. Buni daraxtlarga qarshi suiqasd deyish mumkin.
Afsuski qurilish va pul dardi ba’zi «tadbirkor»larni kelajakni zavol qilishdan ham qaytarmayapti. Shu darajaga yetib keldikmi?», — deydi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter