Toshkentda dorifurushlar qo‘lga olinmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro Sh.Ch. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, ushbu fuqaro hech qanday hujjatsiz jami 518 dona “Regapin” va “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini o‘tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter