Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda jahon chempioni pichoqlab o‘ldirildi

Toshkentda jahon chempioni pichoqlab o‘ldirildi

Toshkentda 29 yoshli sambo va kurash bo‘yicha jahon chempioni Kamoliddin Rasulov boshqa bir chempion yigit tomonidan pichoqlab, o‘ldirildi.

Bu xabarni Xabar.uz so‘roviga binoan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov tasdiqlandi. 

«2021 yilning 13 sentyabr 30 yoshli fuqaro Sh.T. tanishi Kamoliddin Rasulovga qo‘ng‘iroq qilib, undan xarid qilib olgan «Humo Trop» vitaminini tavsiyasiga ko‘ra iste’mol qilgani natijasida sog‘lig‘i yomonlashganini, shifokorlar bu kasallikning davosi yo‘qligini bildirganini aytib, uni Uchtepa tumani, 14-mavzedagi uyi oldiga chaqirgan. Ular ko‘rishgach, o‘zaro janjallashib qolib, Sh.T. yonida olib chiqqan oshxona pichog‘i bilan Kamoliddin Rasulovni turli sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan», — deydi Hayot Shamsutdinov.

Hayot Shamsutdinovning qo‘shimcha qilishicha, Uchtepa tumani prokuraturasi tomonidan Sh.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning avgust oyida Qarshi shahrida yana bir sportchi Elbek Rahimov o‘ldirilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring