Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «qonli» qoidabuzarliklar soni ma’lum qilindi

Toshkentda «qonli» qoidabuzarliklar soni ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Yo‘l-transport hodisalari oqibatida insonlar halok bo‘lgani to‘g‘risidagi xabarlar hech kimni befarq qoldirmaydi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning 12 oyi mobaynida poytaxtda 1200 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Hisobot davrida YTH oqibatida halok bo‘lganlar soni 136 nafarni tashkil etgan, 1463 nafari tan jarohati olgan.

Yo‘l-transport hodisalarining 32,5 foizini piyodalar ishtirokidagi baxtsiz hodisalar tashkil etadi. Bolalar ishtirokida 169 ta YTH sodir bo‘lgan, buning oqibatida 56 nafar voyaga yetmaganlar tan jarohati olgan, 17 nafari vafot etgan.

Tahlillarga ko‘ra:

  • Eng ko‘p uchraydigan qoidabuzarlik tezlikni oshirish bo‘lgan — 370 ta holat.
  • 143 nafar haydovchi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga o‘tgan.
  • 8 ta baxtsiz hodisa avtomobil rulida o‘tirgan shaxslarning mast holatda bo‘lganligi sababli sodir bo‘lgan.

Shulardan 73 ta YTH jiddiy oqibatlarga olib keldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring